Toyota Yaponiyada mashina ishlab chiqarishni 6 kunga to‘xtatadi

Fan-texnika 11:25 / 01.02.2016 2483

Yaponiyaning Toyota korporatsiyasi mamlakat hududida avtomobil ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qildi. Bu haqda NHK xabar bermoqda

Kecha ma'lum qilinganidek, Aitidagi dvigatellar va o‘tkazmalar qutilari uchun po‘lat komponentlar yetkazib beruvchi zavodda sodir bo‘lgan portlash oqibatida ishlab chiqarish to‘xtatilishi lozim edi.


Konveyyer Aitidagi to‘rtta zavodda, Fukuoka, Ivate va Miedagi to‘qqizta zavodda to‘xtatiladi. Aichi Steel zavodidagi ta'mirlash ishlari mart oyiga qadar davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: