Rossiya hududida ishsiz yurgani rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar soni yanvar oyining oxirgi haftasiga kelib 3,4 foizga ko‘payib, 1 mln nafardan oshdi. Bu haqda Rossiya Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
«2016 yil 20 dan 27 yanvargacha rasmiy ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolar soni 3,4 foizga o‘sib, 1 001 111 kishini (2016 yil 20 yanvar holatiga ko‘ra — 968 639 kishi) tashkil qildi», — deyiladi xabarda.
Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, ishsiz fuqarolar sonining ortish holati 82ta hududda kuzatilgan. Shu bilan birga uchta hududda ishsizlar sonining qisqarish ham kuzatilgan. Bular — Komi, Ingushetiya va Kirov viloyati.
27 yanvar holatiga ko‘ra, ish beruvchi ma'muriyati tashabbusi bilan to‘liq ish kunida ishlamaydiganlar, sheningdek, tomonlar kelishuviga ko‘ra, ixtiyoriy ishdan ketganlar soni 1 foizga o‘sib 264 457 nafarni tashkil qilmoqda.