Qirg‘izistonliklarning valyuta ipotekasi somga ko‘chiriladi

Iqtisodiyot 12:06 / 01.02.2016 4073

Qirg‘iziston fuqarolari dollarda olgan ipoteka kreditlari milliy valyuta – somda qaytadan hisob-kitob qilinadi. TASS agentligining mamlakat bosh vaziri kotibasi Nazira Ahmedovaga tayanib ma'lum qilishicha, tegishli farmoyishi Temir Sariyev tomonidan imzolangan.

“Bosh vazirning farmoyishi bugungi kundan kuchga kiradi, - dedi ayol. – Uning realizatsiyasi bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat byudjyeti hisobidan qoplanadi”.

Ko‘proq yangiliklar: