Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev qisqa muddatli mehnat ta'tili oldi, deya xabar qilindi davlat rahbarining rasmiy saytida.
“Bugun, 2016 yil 1 fevral kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev qisqa muddatli mehnat ta'tili oldi”, - deyiladi rasmiy xabar matnida. Ta'til sabablari va uning qachon tugashi haqida xabar qilingani yo‘q.