O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 2 fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2836 so‘m 87 tiyin etib belgilandi. Bu 26 yanvardagi kursga nisbatan 5 so‘m 38 tiyinga ko‘p.
2 fevraldan e'tiboran 1 yevro qiymati 3093 so‘m 16 tiyin (26 yanvardagi kursga nisbatan 2 so‘m 36 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 431 so‘m 22 tiyin (26 yanvardagi kursga nisbatan 78 tiyinga qimmat), 1 Rossiya rubli esa 37 so‘m 74 tiyin (26 yanvardagi kursga nisbatan 2 so‘m 60 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.