O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2014 yil 15 avgustdagi buyrug‘i asosida Samarqand viloyat vakilligi binosida 2014-2015 yillar davomida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi. Hozirda binoning ichki va tashqi qismlari to‘liq ta'mirdan chiqarildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi xabar bergan.
"Milliy memorchiligimiz hamda zamonaviy usullar vositasida qilingan ta'mirlash ishlari natijasida vakillik o‘zgacha ko‘rinish olgan va havas qilsa arzigulik holatga kelgan.
Ta'mirlash asnosida asosiy homiylar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Movarounnahr” nashriyoti va O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish” xayriya jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar maqsadli yo‘naltirildi. Buning uchun viloyat vakilligi homiylarga o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi.
Hozirgi kunda viloyat vakilligida 13 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom xatibi lavozimida Nuriddinxon Islamov faoliyat ko‘rsatmoqda. Samarqand viloyat vakilligi tasarrufida 285ta rasmiy masjid mavjud. Barcha masjidlarda malakali mutaxassislar faoliyat olib borishmoqda", deyiladi xabarda.