Germaniya politsiyasi zaruriyat tug‘ilganida mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan kirib olishga urinayotgan muhojirlarga qarata o‘q uzishi lozim. Bu haqda o‘ng yevroskeptiklarning “Germaniya uchun alternativa” partiyasi yetakchilaridan biri aytib o‘tdi, deya xabar berdi Die Zeit.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot organlari xodimlari Avstriyadan FRGga kesib o‘tishga urinayotganlarning yo‘lini to‘sishi kerak. Bunday vaziyatlarda quroldan foydalanish zarur. “Men bunday bo‘lishini istamayman, ammo (...) bu eng so‘nggi chora. Favqulodda vaziyatlarda chegara posbonlari quroldan foydalanishlari lozim. Bu haqda qonunda ham so‘z boradi”, - dedi u.
Uning so‘zlari ko‘plab nemis siyosatchilar va huquqni muhoafaza qilish organlari vakillari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Jumladan, FRG politsiyasi kasaba uyushmasi huquq-tartibot xodimlari odamlarga qarata o‘q uzmasligini ma'lum qildi.