Navoiy KMKda tender savdolariga qarshi xatti-harakatlar amalga oshirgan mas'ullar javobgarlikka tortildi

O‘zbekiston 11:22 / 01.02.2016 4676

Buyuk Britaniyaning Villamy LP kompaniyasi murojaati asosida, Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan porshenli nasos agregatlarini yetkazib berish bo‘yicha “Navoiy TMK”DK tomonidan tashkil etilgan tender savdolarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarining buzilishi holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bergan.

Ish “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuning 14 moddasiga asosan, ya'ni NTMK tomonidan Villamy LP kompaniyasini tender savdolaridan asossiz chetlashtirilishi holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Ushbu qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqish jarayonida, buyurtmachining xodimlaridan tuzilgan baholovchi guruh yuqorida nomi ko‘rsatilgan tender savdolari ishtirokchilarining bergan taklifini muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan farqlanishlar asosida tender hujjatlari talablariga mos kelmasligi haqida xulosa berilganligi va ushbu xulosa asosida tender savdolari ishtirokchisi tender savdolarida qatnashishda keyingi bosqichga o‘tkazilmaganligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatilgan vaziyat tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organi xulosasi asosida tasdiqlangan.

Shu bilan birga aynan shu baholovchi guruh tomonidan tender savdolarining boshqa ishtirokchisining taklifi ham ko‘rib chiqilgan bo‘lib, uning taqdim etgan hujjatlari va tender hujjatlari shartlari orasidagi farqlar yuqoridagi ishtirokchining taklifidagi farqlanishlarga nisbatan muhimroq ekanligiga qaramasdan ushbu ishtirokchining hujjatlarini keyingi bosqichda ishtirok etish uchun o‘tkazilgan.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, NTMK tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzilgan degan xulosaga kelindi.

Natijada, NTMK tomonidan yuqoridagi tender savdolari bekor qilindi va qaytadan tender o‘tkazish haqida e'lon berildi.

NTMKning ushbu holatga yo‘l qo‘ygan mas'ul xodimlari o‘rnatilgan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Ko‘proq yangiliklar: