Moskvada tikuvchilik sexida chiqqan yong‘inda 2 nafar o‘zbekistonlik va 8 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgani ma'lum bo‘ldi

Jahon 09:19 / 01.02.2016 5199

30 yanvarda Moskvaning Stromynka ko‘chasida joylashgan tikuvchilik sexida chiqqan yong‘inda 8 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan, deb xabar berilmoqda Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi saytida.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 12 kishi halok bo‘lgan, 8 nafar qirg‘izistonlik, jumladan 1 nafar balog‘atga yetmagan bola, ularning barchasi Botken viloyatidan bo‘lgan, 2 nafar rossiyalik (qirg‘iz millatiga mansub), 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Rasmiy ma'lumotlar tegishli ekspertizalar o‘tkazilgandan keyin ma'lum qilinadi", deyilmoqda xabarda.

Tikuv sexidagi yong‘in qasddan mol-mulkni yo‘q qilish deb baholangani ma'lum qilingandi.

Shu sababli Qirg‘iziston elchixonasi ushbu holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha olib boriladigan tergovni alohida nazoratga oldi.

Ko‘proq yangiliklar: