Meksikadagi tug‘ilgan kuni kechasida fojia sodir bo‘ldi

Jamiyat 18:07 / 01.02.2016 4612

Meksikaning Gerrero shtatida  15 yoshli qizaloqning tug‘ilgan kuni kechasida otishma sodir bo‘ldi va natijada 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Cuatro nashri xabar berdi.

Gubernator Ektor Astudilo Floresning so‘zlariga ko‘ra, otishma boshlangan chog‘da voqea joyida politsiya xodimlari ham bo‘lgan. Fojianing asl sabablari hozircha ma'lum qilinmayapti.

La Jornada nashrining yozishicha, o‘tgan yilning oktabr oyidan dekabriga qadar Gerrero shtatida 324 kishi halok bo‘lgan. Bu shtat mamlakatning eng xavfli mintaqasi sanaladi.

Masalan, 2014 yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan ta'lim islohotlariga qarshi norozilik namoyishida ham 43 kishi hayotdan ko‘z yumgandi. O‘shanda politsiya xodimlari namoyish faollariga hujum qiladi. So‘ng namoyishchilarga qarshi Guerreros Unidos narkotik moddalar savdogarlari jalb etilgan. O‘shanda halok bo‘lgan talabalarning aksari jinoiy to‘dalar a'zolari sifatida ayblangan.

Ko‘proq yangiliklar: