Londonning «Chelsi» futbol klubi bosh murabbiyi Guus Xiddink Angliya kubogining 4-bosqichidan o‘rni olgan «MK Dons»ga qarshi uchrashuvdan (5:1) keyin fikr bildirarkan Azarning penaltini tepishini izohlab o‘tdi.
«Nega penaltini Azar tepdi? Ularning o‘zlari shunday qarorga kelishdi, bizda penalti tepish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan navbat bor. Unga ko‘ra birinchi navbatda Oskar bu ishni amalga oshirishi kerak. Biroq u bu imkoniyatni Azarga taqdim etdi. Axir hamma yaxshi bilib turibdi u anchadan buyon gol ura olgani yo‘q», – deya ta'kidladi Xiddink.
Eslatib o‘tamiz, Eden Azar bunga qadar so‘nggi marta 2015 yilning 3 may kuni «Kristal Pelas» darvozasini ishg‘ol qilgandi. Futbolchining golsiz seriyasi 273 kun davom etdi.