Gollandiyaning Gazprom International Projects B.V. kompaniyasi O’zlitineftgaz aksiyadorlik jamiyatining 25,01 foiz aksiyalarini 512,421 ming dollardan ortiqroq mablag‘ evaziga sotib oldi. UzDaily nashri bergan xabarga ko‘ra, Gazprom International Projects B.V. aksiyalar paketini «Toshkent» Respublika fond birjasidan sotib olgan.
Birja bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Gazprom International Projects B.V. korxonaning har bir 5 ming so‘mlik nominaldagi aksiyasi uchun 10,5 dollardan to‘lagan. Kompaniya O’zlitineftgaz AJning 48 802 dona aksiyasini sotib olgan.
AO O’zlitineftgaz – O‘zbekiston neft va gaz sanoati ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish institutining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, uglevodorod hamda neft va gaz konlarini qurish va keng qamrovli ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirilishini ta'minlab keladi.