O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 yanvardagi qarori asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Toshkent shahridagi qurilishi tugallanmagan bino va poliklinika joylashgan maydon beriladi.
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tuzel-1 mavzesida joylashgan inshoot vazirlik xodimlari uchun turar joy sifatida qayta rekonstruksiya qilinadi. Vazirlik mazkur qurilish obektlarni qabul qilish, topshirish va moliyaviy hisob-kitob smetasini ishlab chiqishni shahar hokimiyati bilan hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha topshiriq olgan.
Mazkur hujjatning to‘liq matni, sharhi va unga taalluqli boshqa qonunchilik manbalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida tanishish mumkin.