Yengil atletika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tgan O‘zbekiston kubogi yakunlandi

Sport 15:28 / 01.02.2016 2696

Respublika olimpiya zaxiralari kollejining yengil atletika manejida yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tgan O‘zbekiston kubogi yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Uch hatlab, balandlikka va uzunlikka sakrash bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida Ivan Denisov, Dmitriy Pupko, Andrey Reznichenko, Timur Rahmatullayev, Yekaterina Voronina, Viktoriya Dirdina, Aleksandra Yurkevskaya g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yadro uloqtirishda kattalardan Sergey Dementev, yoshlardan Farhod Suyunov eng yaxshi natijani qayd etgan bo‘lsa, iste'dodli yosh sportchimiz Farida Hakimova ikkala toifada g‘olib bo‘ldi. Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yettikurash bahslarida Ulug‘bek Egamberdiyev shohsupaning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

200, 800 va 5000 metr masofaga yugurish bo‘ycha kattalar o‘rtasida Jamoliddin Hamroqulov, Xurshid Ahmadaliyev, Roman Shtukan, Diana Agliulina, Liliya Manasipova, Irina Morozova birinchi bo‘lgan bo‘lsa, yoshlardan Asror Abdusalomov, Bekzod Safarov, Durdona Hamidullayeva, Lidiya Asanova, Muattar Baratova marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib keldi. To‘siqlar osha 2000 metr masofaga yugurishda kattalardan Zikrilla Mamatqulov, yoshlardan Otabek Berdiyevga teng keladigani topilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: