Damashqdagi davomli teraktlar qurbonlari soni 76 nafarga yetdi

Jamiyat 12:17 / 01.02.2016 3856

31 yanvar kuni Suriya poytaxti Damashqda yuz bergan teraktlar qurbonlari soni 76 nafarga yetdi, yana 110 kishi yaralangan holda shifoxonada qolmoqda. Bu haqda Suriya ichki ishlar vazirligi bergan ma'lumotlarga asoslanib, CCTV telekanali xabar qilgan.

Oxirgi xabarlarda qurbonlar soni 60 nafar atrofida ekani aytilgandi.

Bundan oldinroq, Suriya TIV bu terakt Jyenevadagi muzokaralarga qarshi amalga oshirilgani haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar, yakshanba kuni Damashqdagi shialarning Saida Zaynab nomli mahallasida uchta portlash yuz berdi. Terrorchilar avtomashinaga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani masofadan turib harakatga keltirishgan va birinchi teraktni sodir etgan. Bu vaqtda yana bir terrorchi-xudkush o‘zini yo‘lovchi avtobusida portlatib yuborgan. Bir necha daqiqadan keyin, bu holat boshqa nuqtada takrorlangan.

Bu teraktlar uchun javobgarlikni IShID guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: