Angliyaning «Chelsi» klubi matbuot xizmati vakili jamoa sardori Jon Terrining mavsum yakunlangach jamoani tark etishi, klub rahbariyati u bilan shartnomani uzaytirishni istamagani borasida gaplariga munosabat bildirib o‘tdi.
«Ikki hafta muqaddam Jon o‘zining yozda nihoyasiga yetadigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha klub rahbariyati bilan uchrashishni so‘radi. Unga hozircha bunday taklif yo‘qligi, biroq yaqin oylarda vaziyat o‘zgarib qolishi mumkinligi aytildi. Klub Terrini hurmat qiladi va uning jamoa uchun qilgan xizmatlarini unutmagan.
U jamoa «Chelsi» jamoasi uchun fidokorona mehnat qilib keldi, u ajoyib sardor, shuning uchun ham jamoa u bilan muzokaralarni davom ettiradi», — deya gapirib o‘tgan «Chelsi» matbuot xizmati vakili.
Jon Terri mavsum tugagach "Chelsi"ni tark etishini e'lon qildi