Britaniyada musulmonlar soni tobora oshmoqda

Jahon 18:23 / 01.02.2016 4088

Ayni kez Britaniyada 3 milliondan ziyod musulmonlar istiqomat qilmoqda. Bu mamlakat tarixidagi eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Mutaxassislar mamlakatdagi migratsiya va musulmon oilalardagi tug‘ilishning ko‘pligini bunga asosiy sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Londonning ayrim tumanlarida umumiy aholining deyarli yarmini musulmonlar tashkil etadi. Agar bu tendensiya kelajakda ham saqlanib qolsa, yaqin 10 yil ichida mazkur tumanlar aholisining qariyb barchasi musulmonlardan iborat bo‘ladi, deydi ekspertlar. Aniq raqamlarga murojaat qilsak, Birlashgan Qirollikda hozirda 3 114 992 nafar musulmon yashaydi.

Ko‘proq yangiliklar: