Dubay sudi Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messining shaxsiy hayotiga aralashganlikda ayblanayotgan politsiya xodimi bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda Agency France Presse axborot agentligi xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning dekabrida Messi ECA (Globe Soccer Awards) talqini bo‘yicha «Yilning eng yaxshi futbolchisi»ga beriladigan mukofotni qabul qilib olish uchun ushbu mamlakatga kelganida, mazkur politsiyachi uning pasportini videoga olgan.
Politsiyachi videoni internetga joylashtirgan. U «Men bu pasportni yoqib yuboraymikan yoki qaytarib beraymi?» deydi videoda.
Sud bu harakatni o‘zganing shaxsiy hayotiga noqonuniy aralashish sifatida baholagan. Biroq politsiyachi aybini tan olmay kelayotgandi.
BAAda politsiyachi Messining pasportini videoga olgani uchun sudga chaqirildi