Arab koalitsiyasi Yamanda aholining aviazarbalar tufayli halok bo‘lishi oldini olish uchun ish olib boradi

Jahon 10:33 / 01.02.2016 2517

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi maxsus komissiya tuzib, Yamandagi aviazarbalar tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarni tekshirish va kelgusida bunday ehtimollarning oldini olish bo‘yicha ish olib boradi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

"Arab koalitsiyasi "Yaman aholisining berilgan aviazarbalar natijasida qurbon bo‘lganidan afsusdaligini bildiradi". Koalitsiya bundan keyin begunoh kishilarning qurbon bo‘lmasligi uchun harakat qiladi", deyilgan xabarda.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, BMT hisoblariga ko‘ra, shu vaqtgacha Yaman hududida koalitsiya tomonidan olib borilgan harbiy harakatlar natijasida 6 mingga yaqin kishining o‘limi qayd etilgan, shundan yarmi tinch aholi vakillaridir.

Ko‘proq yangiliklar: