AQSh va Buyuk Britaniya Liviya hududidagi IShID jangarilarga qarshi kurashish uchun 1000 nafar britaniyalik askar joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Times xabar bergan.
Qayd etilishicha, britaniyalik va amerikalik harbiylar Liviyaga mahalliy guruhlar o‘rtasida IShID safiga o‘tish borasida ittifoq tuzilishi ehtimollarini o‘rganish va buning oldini olish uchun tez-tez safarlar uyushtirmoqda.
Ikki mamlakat hukumati Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drianning fransuzlar ham Liviyaga kirishi rejalari bo‘yicha rejalari haqidagi bayonotidan keyin shunday harakatlarni boshlashgan.
Bundan oldinroq, AQSh prezidenti Barak Obama IShIDning Liviyaga joylashish bo‘yicha maqsadlariga qarshi harakatlarni boshlashga chaqirgandi.