"Kuban" jamoasi bilan shartnomasini bekor qilgan futbolchi Andrey Arshavin kelgusidagi rejalari haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz jamoa rahbariyati bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomamni bekor qildik. Qaror qabul qilindi, unga bir qator omillar bor.
Hozircha, jamoa bilan yuridik masalalardagi ishlarni tugallamagunimizcha Krasnodarda bo‘laman.
Keyin qaysidir jamoadan taklif tushsa, uni albatta ko‘rib chiqaman. Agar taklif berilmasa, futbolchilik faoliyatimni yakunlayman", deydi Arshavin.