Adliya vazirligining ikki boshqarmasi birlashtirildi

O‘zbekiston 15:11 / 01.02.2016 4707

O‘zbekiston Adliya vazirligining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi hamda Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmalari birlashtirilib, Tadbirkorlik sub'yektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi tashkil etildi. Mazkur o‘zgarish prezidentimizning 25 yanvardagi qarorida o‘z aksini topdi.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu qaror Adliya vazirligining tadbirkorlik sub'yektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Xuddi shu qaror bilan 2016 yilning 1 fevralidan O‘zbekiston Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Adliya vaziriligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha bir razryadga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: