“O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘z mobil ilovasini ishga tushiradi

O‘zbekiston 15:48 / 01.02.2016 2949

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2016 yilda elektron chiptalarni sotib olish uchun maxsus mobil ilovani ishga tushiradi. Bu haqda Sputnik agentligi ma'lum qildi.

“Ayni paytda biz Android va iOS bazasidagi smartfon va planshetlar uchun mobil ilovani yaratish ustida ish olib borayapmiz. Bu yo‘lovchilarimiz, ayniqsa oddiy kassalar bo‘lmagan qishloq va chekka joylardagi aholi punktlari fuqarolari uchun katta qulaylik yaratadi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Mobil ilova har qaysi foydalanuvchi uchun oddiy va tushunarli interfeysga ega bo‘ladi. Foydalanuvchi nafaqat chipta sotib olishi, balki kompaniya faoliyatiga oid o‘zini qiziqtirgan boshqa ma'lumotlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Hozirda faqatgina milliy valyutada chipta xarid qilish imkoniyati mavjud bo‘lsa, Markaziy bank bilan olib borilayotgangan muzokaralardan so‘ng xorij valyutasida ham chipta sotish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ichki qatnovlar bilan bir qatorda, MDH davlatlari bo‘ylab xalqaro yo‘nalishlar uchun ham chiptalar sotiladi. Buyurtmani rasmiylashtirishdan avval esa foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma'lumotlarini kiritib, autentifikatsiyadan o‘tishi hamda chipta to‘lovini amalga oshirishi lozim. Natijada safar rekvizitlari aks etgan elektron hujjat shakllantiriladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston temir yo‘l tashuvchisi elektron chiptalarni sotib olishni o‘z sayti orqali amalga oshirayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: