“Kung-fu panda – 3” MDH kinoprokatida yetakchiga aylandi

Jamiyat 18:17 / 01.02.2016 4562

“Kung-fu panda – 3” animatsion filmi MDH davlatlari kinoprokatida yetakchiga aylandi. 28–31 yanvar kunlari qayd etilgan natijalar Kinobusiness.com portalida e'lon qilindi. Qayd etilishicha, ma'lumotlar norasmiy bo‘lib, taxminlarga asoslangan.

Xabarda keltirilishicha, “Kung-fu panda – 3” o‘tgan dam olish kunlarida 385,1 mln rubl jamg‘argan.  Ikkinchi o‘rinda esa bosh rollarda Robert De Niro va Zak Efron ijro etgan “Yengiltabiat bobo” komediyasi qayd etilgan. Kartina 69,75 mln rubl to‘plagan.

Uchinchi o‘rinni “Beshinchi to‘lqin” filmi 58,36 million rubl jamg‘argan holda band etgan.
Bundan avvalroq esa “Kung-fu panda – 3” AQSh va Kanada prokatlarida ham yetakchilik qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: