Janubiy Koreya qirg‘oqlari yaqinida yapon yo‘lovchi kemasining suv osti qanoti, taxminlarga ko‘ra, kit bilan to‘qnashib ketishi natijasida to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda Yaponiya va Janubiy Koreya OAV xabar tarqatdi.
Janubiy Koreyaning Pusan portidan Fukokuga yo‘l olgan tezsuzar "Beetle" kemasi (suv sig‘imi 164 tonna) soatiga 55 kilometr tezlikda ketayotganida kit bilan to‘qnashib ketgan.
Kiodo agentligining ma'lumotiga ko‘ra, kema bortida 180 yo‘lovchi bo‘lgan.
Janubiy Koreyaning Ryonhap agentligi esa yiqilib tushish yoki zarbalar oqibatida to‘rt kishining jarohatlanganini ma'lum qildi. Kemaning o‘zi esa jiddiy shikastlanmagan, biroq Pusandagi portga qaytgan, jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.