O‘zbekiston aholisining 94 foizi islomga e'tiqod qiladi

O‘zbekiston 13:52 / 23.09.2015 5205

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi 31 mln dan ortiq bo‘lib, 130dan ortiq millat va elat vakillaridan iboratdir. Aholining 94 foizi islomga e'tiqod qiladi, 3.5 foizi pravoslavlar, qolganlar esa boshqa dinlarga e'tiqod qiladi.

Bu ma'lumotlar hukumat qoshidagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot kotibi Shavkat Hamdamov tomonidan keltirildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 16 konfessiyadagi 2 238 diniy tashkilotlar ro‘yxatga olingan, ulardan 2 064tasi musulmon va 157tasi xristian diniy tashkilotlaridir.

Bundan tashqari, 8 yahudiy, 6 bahoiy jamiyatlari, Krishna jamiyati va buddaviylik ibodatxonasi, konfessiyalararo Bibliya jamiyati o‘z faoliyatini yuritmoqda. Milliy qonunchilikda diniy tashkilotlar miqdori yoki ularni ro‘yxatga olish muddatlari borasida cheklovlar ko‘zda tutilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: