Mercedes eng tezkor C-Class haqida ma'lumot berdi

Fan-texnika 16:21 / 20.08.2015 33217

Mercedes kompaniyasi yangi AMG C63 Coupe haqida ma'lumot berdi. Kupening yuqori tezkor versiyasi taqdimoti sentabrda Frankfurt avtosalonida o‘tkaziladi.

 

Yevropada model keyingi yilning martidan sotuvga chiqariladi. AMG C63 Coupe’ning asosiy raqobatchisi BMW M4 bo‘ladi.
Mercedes AMG C63 Coupe’ning standart versiyasi 4 l li V8 turbo motor bilan jihozlanadi. Dvigatelning quvvati 469 ot kuchini tashkil qiladi. Agregat 7 pog‘onali SPEEDSHIFT MCT transmissiyasi bilan uyg‘unlikda ishlaydi.

Mashina 4 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi. Maksimal tezligi – 249 km/soat.

Ko‘proq yangiliklar: