Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
1 may kunidan Qirg‘iziston qonunchiligiga yangi tartib kiritilgan. Unga ko‘ra, ushbu davlat hududiga avtomashinada kirishda agar transport vositasi boshqa shaxs nomida bo‘lsa, bosh ishonchnoma talab qilinmoqda. Bu esa yaqin qarindoshlarining mashinasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun eksklav hududlarga o‘tib-qaytishda muammo tug‘dirmoqda.

Foto: Videodan kadr
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonning eksklav hududlari – So‘x va Shohimardonga o‘tib-qaytishda muammo yuzaga kelgan. Bu haqda Kun.uz’ga bir nechta murojaat kelib tushdi.
Murojaatchilarga ko‘ra, 1 maydan buyon Qirg‘iziston tomoni chegara postlarida agar transport vositasi boshqa shaxs nomida bo‘lsa bosh ishonchnoma talab qilina boshlangan. Bu chegara postlari oldida uzun navbatlarni hosil qilgan.
«So‘xdan Farg‘ona shahriga borishimiz uchun 4 ta chegara postidan o‘tamiz. Yaqingacha yaqin qarindoshimiz nomidagi mashinani boshqarib o‘tib-qaytishda muammo yo‘q edi. 1 may kunidan beri o‘tkazmay qo‘yishdi. Endi otamning nomidagi mashinada Farg‘ona shahriga borib kelolmas ekanman.
Yosh bolalilarni, hatto bemor olib ketayotganlarni ham o‘tkazishmayapti. Faqat mashina o‘zingniki bo‘lsa o‘tasan, deb turib olishgan», deydi murojaatchilardan biri.
Boshqa bir murojaatchi esa mashina egasi yonida o‘tirgan bo‘lsa-da, chegaradan o‘ta olmaganini aytadi.
«Mashina onamning nomida edi. Onam yonimda o‘tirgandi. Ammo o‘tkazishmadi. Onamni Shohimardonga davolatishga olib borayotgandim. Ko‘pchilik qaytib ketmoqda. Ayrimlar mashinasini O‘zbekiston hududiga qo‘yib, 4 ta taksi almashtirgan holda borishyapti. Bu holatdan keyin chegara posti oldidagi avtoturargoh narxini ham 3 ming so‘mdan 15 ming so‘mga ko‘tarib qo‘yishdi», deydi u.
Kishvar.uz sayti mas’ullarga tayanib bergan munosabatiga ko‘ra, Qirg‘iziston tomoni bilan ushbu masala yuzasidan gaplashilgan.
«10 mayga qadar ushbu ortiqcha hujjatlar eksklav hududlar aholisidan so‘ralmasligi ma’lum qilindi. Mazkur tartib faqat so‘xliklar uchun emas, aslida barcha xorij fuqarolari uchun Qirg‘iz Respublikasi tomonidan joriy etilgan. Ammo Ӯzbekistonning eksklav hududlarini hisobga olib, ushbu tartib muddatini uzaytirish hamda tatbiq etilmaslik bo‘yicha muzokalar olib borilmoqda», deyiladi munosabatda.
Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev bilan bog‘landi.
«Qirg‘iz Respublikasi qonunchiligiga mamlakat hududiga kirib kelayotgan haydovchilardan agar transport vositasi boshqa birovning nomida bo‘lsa, bosh ishonchnoma talab qilish bo‘yicha o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur o‘zgartirish 1 may kunidan kuchga kirgan. Biroq qo‘shnilarimiz yangi tartib bo‘yicha O‘zbekiston tomonini rasmiy axborot bilan ta’minlamagan. 1 maydan so‘ng haqiqatan chegaradan qaytarish boshlangan», deydi u.
U bosh ishonchnomasi bo‘lgan haydovchilar uchun chegara postlaridan o‘tib-qaytishda hech qanday muammo yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

20:14 / 03.07.2025