Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Rossiya armiyasi 13 aprel, yakshanba kuni Ukrainaning Sumi shahri markaziga raketa zarbasi yo‘lladi. Oqibatda 34 kishi halok bo‘lgan, ulardan ikki nafari bolalar. 117 kishi, jumladan 15 bola yaralangan. Shahar markaziga ikkita ballistik raketa bilan hujum qilingan.

«Dedlayn» oldidan
Kecha nasroniylar uchun diniy bayram edi (pasxadan oldingi oxirgi yakshanba). Ukraina tomoni aynan mana shu faktga urg‘u bermoqda. OAVda Tramp Putinga aprel oyi oxirigacha muddat bergani, agar Rossiya shu vaqt ichida o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘nmasa, Amerika yangi sanksiyalar kiritishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Rossiyaning zarbasi mana shu «dedlayn» haqida mish-mishlar fonida sodir bo‘ldi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning fikricha, Rossiya bu zarba bilan Amerikaning taklifini jiddiy qabul qilmayotganini ko‘rsatgan. «Rossiya ikkinchi oyki Amerikaning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad qilib keladi. Afsuski Moskvadagilar o‘zlarini bundan keyin ham odam o‘ldirishga haqli deb hisoblashadi. Vaziyatni o‘zgartirish uchun harakat qilish kerak», degan Zelenskiy.
Sumi shahridagi Kongress markaz zarbaga uchragan obektlardan biri. Ukraina tomoni bu odatda bolalar uchun mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy ekanini aytmoqda. Shaharga «Iskander M» ballistik raketasi bilan zarba berilgani aytilmoqda. Tarmoqda raketa nishonga juda tez kelib urilgani aks etgan videolar tarqaldi. Zarba oqibatida mashinalar, avtobuslar portlagan. Dastlabki daqiqalarda olingan kadrlarda ko‘chada o‘nlab jasadlar yotgani ko‘rinadi.
Birinchi marta
Sumiga zarbadan keyin Tramp ma’muriyati ilk marta Rossiyani qoralab chiqdi. Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili general Kit Kellog Rossiya bu zarba orqali barcha chegaralarni kesib o‘tganini aytdi. «AQSh Rossiya raketa zarbasi sabab qurbon bo‘lganlar yaqinlariga hamdardlik bildiradi», dedi davlat kotibi Marko Rubio.
Biroq Trampning o‘zi bu gal ham Rossiyani tanqid qilishga tili bormadi. «Bu juda dahshatli. Menga ular xato qilganini aytishdi, lekin baribir bu dahshat», dedi Tramp. Jurnalistlar AQSh prezidentidan kim xato qildi, deb gapini aniqlashtirishni so‘rashdi. Biroq Tramp yana ular xato qildi, ulardan so‘rang, deb mujmal javob berdi. Yevropadagilar kutilganidek tinch aholi o‘limiga olib kelgan zarba uchun Rossiyani qoraladi.
Rossiya nima dedi?
14 aprel kunining ikkinchi yarmida nihoyat Rossiya mudofaa vazirligi Ukrainaning Sumi oblastiga raketa zarbasi amalga oshirganini tan oldi. Lekin ruslar bayonotida ham hech qanday yangilik yo‘q, ular kutilganidek zarba nishoni ukrain harbiylari bo‘lgani, 60 nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lganini aytishdi. Tabiiyki Rossiya tomoni bu gal ham Ukraina tinch aholidan jonli qalqon sifatida foydalanayotganini aytishni unutmadi.
Ukrainada mojaro
Sumiga zarbadan keyin Ukrainada mojaro avj oldi. Sumi oblastidagi Konotop shahri meri Artyom Semenixin zarbadan ko‘p o‘tmay videomurojaat qilib chiqdi. Unda aytilishicha, zarba kuni Sumi shahri markazida 117-hududiy mudofaa brigadasi harbiylarini taqdirlash marosimi o‘tkazilgan. Uni Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Volodimir Artyux tashkillashtirgan. Ukrainaliklar bu gapidan keyin Seminixinni Rossiya zarbasini oqlashda ayblashdi.
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi
O‘zbekiston | 11:11
-
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 11:10
-
Mers va Tramp Ukraina bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
Jahon | 10:52
-
O‘zbekistonda blogerlar majburiyatlari yengillashtiriladi
O‘zbekiston | 10:43
Mavzuga oid

10:10
Britaniya Rossiya soyadagi flotining 100 ta tankeriga qarshi sanksiyalar joriy qilyapti

18:47 / 08.05.2025
FXX: Rossiyaga kelayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keskin kamaydi

14:55 / 08.05.2025
Ukraina Rossiyaning «sulhning birinchi kechasi»dagi hujumlari haqida ma’lum qildi

14:15 / 08.05.2025