Oq uy Trampning tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi
U sog‘lom va davlat rahbari sifatida xizmat qilishga tayyorligi ta’kidlangan.

Foto: Reuters
AQSh prezidentlari uchun an’anaviy tibbiy ko‘rikdan so‘ng, 78 yoshli Donald Tramp sog‘lom va oliy bosh qo‘mondon, shuningdek, davlat rahbari vazifalarini bajarishga tayyor deb e’lon qilindi. AQSh prezidentining 11 aprel kuni o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalarini Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt e’lon qildi.
Trampning o‘zi tekshiruvdan o‘tganidan so‘ng, kognitiv qobiliyat testida «barcha savollarga to‘g‘ri javob berganini» aytdi. Sinovda Monreal kognitiv baholash shkalasi (MoCA) qo‘llanildi va AQSh prezidenti maksimal ball (30) to‘pladi.
Tramp 14 iyun kuni 79 yoshga to‘ladi. Ikkinchi inauguratsiya paytida u Qo‘shma Shtatlarning eng keksa prezidentiga aylangan edi.
Mavzuga oid

17:43
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

16:18
AQSh to‘rt nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilish uchun hibsga oldi

08:58
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi

23:06 / 09.05.2025