Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
AQSh rahbariga yaqin bo‘lgan iqtisodiy maslahatchilar ishdan ketishi aytilmoqda.

Foto: Bild
AQSh prezidenti Donald Trampning tariflar urushi butun dunyo bo‘ylab moliyaviy bozorlarda parokandalikni yuzaga keltirdi. Endi Oq uy rahbari tariflarni joriy etilishi oqibatlari tufayli maslahatchilaridan hafsalasi pir bo‘ldi, deb yozdi Bild.
Qayd qilinishicha, savdo masalalari bo‘yicha maslahatchi Piter Navarro lavozimidan ketadi. Yaqinda Ilon Mask uni «bir qop g‘ishtdan ham ahmoqroq to‘nka» deb atagan edi.
Shuningdek, AQSh Savdo vaziri Hovard Lyutnik «kursisi ham qimirlab qolgan». Politico nashriga ko‘ra, Lyutnik proteksionistik bojxona siyosatining me’mori hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, Moliya vaziri Skott Bessent birinchi planga chiqadi, u o‘ta muvozanatli amaldor sifatida tanilgan.
Bu o‘zgarishlar Trampning tariflar urushida nimadir noto‘g‘ri bo‘lganini, ya’ni reja bo‘yicha emasligini ko‘rsatmoqda.
Shu haftaning o‘rtalarida AQSh davlat obligatsiyalari bozorlari quladi, oqibatda moliyaviy falokat yuz berishiga bir bahya qoldi. Tramp 75 davlatdan import qilinadigan tovarlarga joriy qilingan bojlarni keyinga qoldirishga majbur bo‘ldi.
Bugungi kunda yagona shiddatli savdo jangi Xitoy bilan bo‘lmoqda, uning tovarlariga 145 foizlik boj joriy qilingan.
Xitoy o‘z navbatida, Amerika importi uchun tariflarni 125 foizga oshirdi. Bundan tashqari, Xitoy Trampning tariflari global gumanitar inqirozni keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi.
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

21:34 / 08.05.2025
Moskva va Vashington Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklash variantini muhokama qilmoqda

19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi

18:00 / 08.05.2025