Apple Indoneziyada smartfon sotishga ruxsat oldi
Kompaniya mamlakatga 1 milliard dollar kiritdi, endi iPhone 16 smartfonlarini sotishi mumkin.

Foto: Dhiraj Singh/Bloomberg
Apple kompaniyasi Indoneziya hukumati iPhone 16 smartfonlarini sotishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlaganini ma’lum qildi. Bu haqda 9to5mac xabar berdi.
Taqiq 2024 yil oktabr oyida Apple investitsiya majburiyatlarini bajarmagani uchun joriy qilingan edi.
Apple ishlab chiquvchilar akademiyasiga 109 million dollar va mahalliy ishlab chiqarishga 10 million dollar sarmoya kiritdi, biroq rasmiylar bu harakatlarni yetarli emas deb hisobladi. Bunga javoban Apple mahalliy ishlab chiqarish xarajatlarini 100 million dollarga oshirishni taklif qildi, biroq hukumat 1 milliard dollar sarmoya kiritishni talab qildi.
Taqiq qo‘yilgandan so‘ng, 283 milliondan ortiq aholiga ega Indoneziyaga atigi 9 mingta iPhone 16 yetkazildi. Bu esa katta bozordan quruq qolgan Apple kompaniyasiga ta’sir ko‘rsatdi.
Taqiqning olib tashlanishi Apple kompaniyasiga o‘z mahsulotlarini mamlakatda qonuniy sotishni qayta boshlash imkonini beradi.
Mavzuga oid

23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi

22:01 / 23.04.2025
Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan ayol reysdan tushirib qoldirildi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025