Germaniyada mamlakat fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyati bekor qilinadi
Bundan tashqari, hukmron koalitsiya migratsiya qonunchiligini kuchaytirish niyatida. Xususan, noqonuniy migrantlar mamlakatdan faol chiqarib yuboriladi.

Foto: Die Zeit
XDI/XSI konservativ bloki va Germaniya Sotsial-demokratlar partiyasi koalitsiya muzokaralarida Germaniya fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyatini bekor qilishga kelishib oldi, deb xabar beradi Die Zeit nashri.
Shu bilan birga, koalitsiya Germaniya pasportini besh yil ichida olish imkoniyatini saqlab qolishga qaror qildi.
Deutsche Welle’ning yozishicha, koalitsiya migratsiya qonunchiligini kuchaytirishi mumkin. Xususan, noqonuniy migrantlarni mamlakatdan faol chiqarib yuborish, kuchaytirilgan chegara nazoratini saqlash va Germaniyadan boshpana olishga da’vogarlik qilishiga ruxsat berilmaydigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish taklif qilinmoqda.
Germaniya parlamenti 2024 yil yanvarda nemis fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qullagan edi — bu uni olish jarayonini soddalashtirishga xizmat qiladi. Mamlakat hududida sakkiz yil o‘rniga besh yil yashash orqali fuqarolikni olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, alohida holatlarda Germaniya pasporti mamlakatda uch yil yashaganlarga ham beriladi. Gap «alohida integratsiya muvaffaqiyatlari» — til bilish bo‘yicha C1 daraja va jamoatchilik orasida faol bo‘lish haqida ketmoqda, masalan, turli birlashma hamda assotsiatsiyalarda ishtirok etish. Germaniya pasportiga da’vogarlar, shuningdek, o‘zi va oila a’zolarini mustaqil moliyaviy tomondan ta’minlay olishi kerak.
Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar 2024 yil 1 iyundan beri amalda.
9 aprel kuni XDI/XSI konservativ bloki va Sotsial-demokratlar partiyasi hukmron koalitsiyani shakllantirishga kelishib olgani ma’lum qilindi. XDI/XSI fevral oyida bundestagda muddatidan oldin o‘tkazilgan saylovlarda birinchi o‘rinni egallagan edi. Ikkinchi o‘rin «Germaniya uchun muqobil» o‘ta o‘ng partiyasiga nasib etgan, Sotsial-demokratlar partiyasi esa u uchinchi bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
Mavzuga oid

21:49 / 08.05.2025
Adidas va Volkswagen natsistlarning hokimiyat tepasiga kelishiga javobgarligini tan oldi

20:44 / 08.05.2025
“Germaniyaga faqat malakali mutaxassislar kerak, noqonuniy muhojirlar emas” – Germaniya elchisi

12:41 / 08.05.2025
Germaniyalik yevrodeputatlar 9 may kuni Moskvaga boradi

07:53 / 08.05.2025