Ovechkin NHLning muntazam chempionatlaridagi gollar bo‘yicha rekordni yangiladi
Aleksandr Ovechkin NHLning muntazam chempionatlaridagi 895-shaybasini urdi va yangi rekordchiga aylandi. Biroq, u liganing pley-off bosqichidagi gollar bo‘yicha Ueyn Gretskidan 50 ta shaybaga va "gol+pas" tizimi bo‘yicha deyarli 1200 ochkoga ortda qolmoqda.

Foto: Dan Hamilton/Imagn Images/IMAGO
6 aprel, yakshanba kuni «Vashington Kepitalz» jamoasining rossiyalik forvardi Aleksandr Ovechkin Milliy hokkey ligasi muntazam chempionatlarida 895-shaybasini «Nyu-York Aylenders»ga qarshi mehmonda kechgan bahsda kiritdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha yangi rekordchiga aylandi. NHL afsonasi Ueyn Gretskiga tegishli avvalgi rekord 26 yil saqlanib turgandi.
Ligadagi 20 yillik faoliyati davomida 39 yoshli Ovechkin faqat bir marta Stenli kubogini qo‘lga kiritdi va shuning uchun NHLdagi umumiy gollar soni bo‘yicha Gretskidan ancha orqada: 967:1016. U liganing pley-off o‘yinlarida kanadalikning 122 ta shaybasi bilan solishtirilganda atigi 72 ta shayba kiritgan. Ovechkin faoliyatining asosiy qismida uning "Vashington" jamoasi muntazam ravishda pley-off bosqichining boshidayoq Stenli kubogi uchun kurashdan chiqqan.
Stenli kubogining to‘rt karra g‘olibi, hozir 64 yoshda bo‘lgan Ueyn Gretski 1979 yildan 1999 yilgacha NHLda o‘ynagan. Faoliyati davomida u NHLda 2857 ochko to‘plagan, 894 gol urgan va 1963 ta shaybaga assistentlik qilgan. Uning eng yaqin ta’qibchisi chexiyalik Yaromir Yagr 1921 ochko to‘pladi. Hozirda faoliyatini davom ettirayotgan hokkeychilar orasida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘ntalikka 1682 ochko bilan "Pitsburg Pingvinz" jamoasidan 37 yoshli Sidni Krosbi kiradi. Ovechkin hozirda 11-o‘rinda bormoqda: "gol+pas" tizimiga ko‘ra, uning hisobida 1618 ochko bor.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml Putin Istanbulga borish-bormasligiga aniqlik kiritmayapti
Jahon | 20:49
-
Tramp Istanbuldagi muzokaralarga agar Putin ham keladigan bo‘lsa boradi - Kellog
Jahon | 20:39
-
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
Jahon | 20:02
-
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
Jahon | 19:56
Mavzuga oid

17:21 / 16.04.2025
Vashington meri 11 aprelni «Aleksandr Ovechkin kuni» deb e’lon qildi

17:01 / 07.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretskining rekordini yangiladi

17:12 / 05.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretski rekordiga yetib oldi

23:43 / 05.02.2017