Toshkentda beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi
Yong‘in FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Videodan kadr
2025 yilning 3 aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani THAY ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilishi natijasida transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. To‘qnashuv natijasida haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid

10:46
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi

19:32 / 11.05.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

21:08 / 09.05.2025
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

18:22 / 08.05.2025