AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
USS Iowa (SSN 797) atom suvosti kemasining uzunligi 115 metr, kengligi 10 metr. U 240 metrdan ortiq chuqurlikka sho‘ng‘iydi va 25 uzeldan yuqori tezlikka erisha oladi.

Foto: Hearst Connecticut Media
Amerika Qo‘shma Shtatlari 5 aprel kuni o‘z harbiy-dengiz floti tarkibiga Virginia Block IV toifadagi yangi USS Iowa (SSN 797) atom suvosti kemasini qabul qilib oldi, deb xabar berdi Fox News.
Marosim Konnektikut shtati Nyu-London shahridagi harbiy-dengiz bazasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu toifadagi suv osti kemalari 1600 km masofaga uchadigan 12 ta Tomahawk qanotli raketalari bilan jihozlangan.
Atom suv osti kemasining uzunligi 115 metr, kengligi 10 metr. U 240 metrdan ortiq chuqurlikka sho‘ng‘iydi va 25 uzeldan yuqori tezlikka erisha oladi.
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari hozir Virginia sinfidagi va turli modifikatsiyadagi 23 ta atom suvosti kemasiga ega.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarida, shuningdek, Los Angeles toifasidagi 26 ta ko‘pmaqsadli suvosti kemasi, uchta Seawolf toifasidagi suvosti kemasi, 154 ta Tomahawk qanotli raketalari bilan qurollangan Ohio toifasidagi 4 ta suv osti kemasi va har biri 20 ta Trident II D5 ballistik raketalarini tashiydigan 14 ta Ohio suvosti kemasiga ega.
Mavzuga oid

23:08 / 06.05.2025
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda

21:56 / 06.05.2025
Tramp husiylar «taslim bo‘lganini» e’lon qildi

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

18:12 / 06.05.2025