Malayziya O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichlar sohasida maxsus akademiya tashkil etadi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Yarimo‘tkazgichlar, mikroelektronika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amaliy tadqiqotlar milliy markazi (MIMOS Berhad) bosh ijrochi direktori Saat Shukri Embong bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston sharoitida yarimo‘tkazgichlarni yig‘ish va sinovdan o‘tkazish autsorsingi quvvatlarini yaratish, o‘quv dasturlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston-Malayziya mikroelektronika texnoparkini hamkorlikda barpo etish istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.
Saat Shukrining aytishicha, yarimo‘tkazgichlar sohasini rivojlantirishda malakali mutaxassislarni tayyorlash eng muhim qadamlardan biridir. U, shuningdek, O‘zbekistondagi yosh iqtidor sohiblari salohiyatini yuqori baholadi. Iqtidorli o‘zbek yoshlarini MIMOS Berhad bazasida mavjud infratuzilmadan foydalangan holda tayyorlash va ikkala mamlakat mutaxassislari ishtirokida yarimo‘tkazgichlarni loyihalash hamda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil eti masalasi yorqin istiqbolga egaligi ta’kidlandi.
Malayziya tomoni bilan yarimo‘tkazgichlar sohasida malakali mutaxassislarini o‘qitish va tayyorlash bo‘yicha MIMOS Berhad va "O‘zeltexsanoat" uyushmasi o‘rtasida qo‘shma korxona va O‘zbekistonda maxsus akademiya tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida markaz rahbari mazkur hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlarini batafsil o‘rganish uchun o‘z mutaxassislaridan iborat guruhni O‘zbekistonga yuborishini bildirdi.
Mavzuga oid

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi

08:35 / 14.04.2025