Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi
Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilishi xabar berilgandi. Poytaxt Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgarishini ma’lum qildi.
Jumladan:
42-sonli avtobus: Kensoy qo‘rg‘oni – Chorsu savdo markazi (Sag‘bon ko‘chasi orqali);
43-sonli avtobus: Yunusobod mavzesi 6-daha – Ftiziatriya instituti (Sebzor ko‘chasi orqali borish, Sag‘bon ko‘chasi orqali qaytish);
109-sonli avtobus: Chuqursoy temiryo‘l stansiyasi – Chorsu metrosi (Sebzor ko‘chasi orqali borish, Sag‘bon ko‘chasi orqali qaytish).
Yo‘lovchilardan ushbu o‘zgarishlarni inobatga olib, o‘z safarlarini oldindan rejalashtirishlari so‘raldi.
Ushbu ko‘chaning yopiladigan qismi: Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishgan joydan Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan joygacha.
Ishlarni bajarish muddati: 2025 yil 2 apreldan sentabr oyigacha.
Mavzuga oid

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

14:39 / 13.05.2025
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

15:08 / 11.05.2025