Saida Mirziyoyeva YuNESKO Bosh konferensiyasi Samarqandda o‘tkazilishini olqishladi
Bu biz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir, negaki so‘nggi 40 yil davomida ushbu konferensiya Parijdan boshqa yerda o‘tkazilmagan, dedi u.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Parijdagi YuNeSKO bosh qarorgohida O‘zbekiston hukumati va YuNESKO o‘rtasidagi kelishuv imzolanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Samarqand endi rasman Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi o‘tkaziladigan joy sifatida belgilandi. O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva buni olqishladi.
«Bu biz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir, negaki so‘nggi 40 yil davomida ushbu konferensiya Parijdan boshqa yerda o‘tkazilmagan. Bu ijodiy industriyaning mashaqqatli mehnati, xalq diplomatiyasi va eng yuqori darajadagi kelishuvlar samarasidir. Bu – jahon hamjamiyatining mamlakatimiz ochiqligi, o‘ziga xos an’analari va madaniy merosi, boy tarixi, musiqasi, adabiyotiga katta qiziqish bilan qarayotganidan dalolat», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston madaniyat va san’at vositasida mamlakatni xalqaro maydonda targ‘ib etmoqda, dunyo ahliga yanada yaqinlashtirmoqda.
«Bu aloqalar bevosita iqtisodiy natijalarga ulanib, qo‘shma loyihalar va umumiy g‘oyalarga aylanmoqda. Xush kelibsan, YuNESKO! Samarqandda uchrashguncha!» deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

16:04 / 10.05.2025
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun milliy kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatladi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

12:43 / 09.05.2025