Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi
Yangi texnologiya yozish tezligi va xatolarni tahlil qiladi

Foto: IZVeSTIYa/Eduard Korniyenko
Rossiya texnologiya universiteti olimlari klaviaturada matn terish xususiyatlariga qarab foydalanuvchining shaxsini aniqlaydigan tizimni ishlab chiqdi. Bu haqda Naked Science xabar bermoqda.
Yangi texnologiya shaxsning harflarni yozish tezligi, bosish dinamikasi, xatolar chastotasi va boshqa parametrlarni kuzatib boradi. Ushbu ma’lumotlar shablonlar bazasi bilan solishtiriladi. Agar ko‘rsatkichlar mos kelsa, tizim shaxsni tasdiqlaydi. Klaviaturani bosish uslubi o‘zgartirilganda, shablon avtomatik ravishda yangilanadi.
Ishlanma mualliflarining ta’kidlashicha, yangi tizimning ishlab chiqilishiga kiberxavfsizlik sohasidagi tahdidlarning kuchayishi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, moduldan har qanday tashkilot: “kichik firmalardan tortib yirik korporatsiyalargacha” foydalanishi mumkin.
Dasturchilar insonning jismoniy holati uning yozish uslubiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishni rejalashtirmoqda. Bu tizimning aniqligini oshirish imkonini beradi, deyiladi Naked Science xabarida.
Avvalroq olimlar ob-havoni tezroq va aniqroq bashorat qiladigan sun’iy intellektni ishlab chiqqandi.
Mavzuga oid

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi

17:15 / 10.05.2025