AQSh Mark Fogel evaziga rossiyalik Aleksandr Vinnikni ozod qiladi
Vinnik 2017 yilda AQSh so‘rovi bilan Gretsiyada hibsga olingan. Amerika hukumati Vinnikni BTC-e kriptovaluta birjasi orqali salkam 4 tlrd dollar pulni yuvishda ayblagan.

Aleksandr Vinnik / Foto: Reuters
Amerika rasmiylari tomonidan pul yuvishda ayblanib, hibsga olingan rossiyalik Aleksandr Vinnik AQSh va Rossiya o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvi doirasida ozod etiladi. Bu haqda ABC News Donald Tramp ma’muriyati vakiliga tayanib xabar berdi.
Kuni kecha giyohvand moddalar kontrabandasi uchun Rossiyada 14 yilga qamalgan sobiq diplomat Mark Fogel AQShga qaytarilgan edi. Vinnik aynan qachon vataniga jo‘natilishi hozircha noma’lum.

RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Moskva va Vashington mahbuslar almashinuvini o‘tkazayotganini tasdiqlagan.
Aleksandr Vinnik 2017 yilda AQSh so‘rovi bilan Gretsiyada hibsga olingan. Amerika hukumati Vinnikni BTC-e kriptovaluta birjasi orqali salkam 4 milliard dollar pulni yuvishda ayblagan. Rossiya fuqarosi 50 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi aytilgan edi. Vinnikning ekstraditsiyasini, shuningdek, Fransiya va Rossiya ham talab qilgan.
2020 yil yanvarda o‘zining Rossiyaga topshirilishini so‘ragan Vinnik Fransiyaga ekstraditsiya qilingandi. Mazkur mamlakatda u zararli dasturiy ta’minotni yaratganlik ishi bo‘yicha aybdor deb topilgan va besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. 2022 yil avgustda Vinnik Gretsiyaga qaytarilgan, so‘ng AQShga ekstraditsiya qilingan. 2024 yil mayda Vinnik Amerika prokuraturasi bilan kelishuvga erishgani va o‘z aybiga iqror bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31 / 26.04.2025