Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston biznesi yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini belgilab oldi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumida ishtirok etdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalar tarkibiga, shuningdek, ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, viloyat hokimliklari rahbarlari hamda 350 dan ortiq ishbilarmon doiralari vakillari kirdi. Tadbirni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev kirish so‘zi bilan ochar ekan, ikki davlat rahbarlarining samimiy munosabatlari tufayli ko‘p qirrali o‘zbek-qirg‘iz hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmida o‘sish kuzatilgani qayd etildi – o‘tgan yil yakuniga ko‘ra mazkur ko‘rsatkich 1 milliard dollarga yetdi. Tovar ayirboshlashning yanada oshishini ta’minlash uchun tayyor to‘qimachilik, oziq-ovqat, plastmassa, poyabzal, IT-xizmatlari, o‘g‘itlar, qurilish materiallari, maishiy texnika va farmatsevtika mahsulotlari, qoramol va mayda chorva mollari, ko‘mir, oziq-ovqat va talabga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish choralarini ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Keyingi yillarda investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlik faollashdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Qirg‘iziston kapitali ishtirokida 280 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekiston-Qirg‘iziston Taraqqiyot jamg‘armasi katta rol o‘ynaydi, uning portfeli 186 million dollarlik 33 ta investitsiya loyihasini o‘z ichiga oladi.
Tadbir doirasida B2B va G2B muzokaralari bo‘lib o‘tdi, unda tadbirkorlar ko‘plab yangi, foydali aloqalarni o‘rnatishga, yangi loyihalarni amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlarini muhokama qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Forum yakunlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, logistika markazini tashkil etish, chiqindilarni qayta ishlash, geologiya-qidiruv va ko‘mir yetkazib berish, IT-xizmatlari ko‘rsatish, elektrotexnika va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha 20 ta bitim, memorandum va savdo shartnomalari imzolandi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

09:22 / 18.07.2025
Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

18:19 / 10.07.2025