Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 5 yoshli bola tok urishi oqibatida vafot etdi
Holat yuzasidan «Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari» AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Foto: Kun.uz
Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan kuzatuv olib bormoqda.
Aniqlanishicha, joriy yilning 16 may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 2019 yilda tug‘ilgan R.M. (o‘g‘il bola) tok urishi natijasida vafot etgan.
Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor tergov guruhi hodisa joyiga chiqib holat o‘rganilganda, «Omondara» MFY, Chunqaymish qishlog‘i hududidagi tepalikdan 150-170 sm balandlikda o‘tgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. ushlashi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.
Tezkor tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, R.M.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Shuningdek, holat yuzasidan «Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari» AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettirishi, bu borada qo‘shimcha axborot berilishi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

17:07 / 03.03.2025
Samarqandda hojatxonaga tushib ketgan chaqaloq qutqarildi

07:38 / 10.10.2023
Buxoroda ustachilik qilgan ikki erkak tok urishi oqibatida vafot etdi

07:49 / 21.12.2021
Qibrayda vagon ustiga chiqqan litsey o‘quvchisi tok urishidan vafot etdi

08:07 / 24.08.2020