Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
22 aprelning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar
37 milliondan oshgan aholi soni, prokurorlar uchun qimmatbaho iPhone, Sijjakda ag‘darilgan Trailblazer, ijaraga berilayotgan poytaxt parklari va qisqa ta’tilga chiqqan prezident - kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing.

37 milliondan oshgan O‘zbekiston aholisi
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 millionga yetdi. Statistika agentligi hisoblagichida ushbu ko‘rsatkich 22 aprel kuni soat 03:24 holatida qayd etilgan.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, erkaklar soni 18,5 million, ayollar soni esa 18,3 millionni tashkil etmoqda.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4,2 mln kishi.
Umuman, Toshkent shahri, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari aholisi tez o‘sayotgani ma’lum qilindi.
Prokurorlarga qimmatbaho iPhone
Prokuratura organlari va bir qator davlat idoralari qimmatbaho smartfonlar sotib olgani ma’lum bo‘ldi.
Masalan, Samarqand viloyati prokuraturasi 445 mln so‘mga 22 dona iPhone 14 Pro Max, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi esa 51 mln so‘mga ikkita iPhone 15 Pro Max xarid qilgan.
Samarqand viloyati prokuraturasi 2023 yil 28 dekabr kuni har birining narxi qariyb 20 mln so‘m, xotirasi 1 TB bo‘lgan 21 dona iPhone 14 Pro Max telefonini xarid qilgan. Shuningdek, yana bir iPhone 14 Pro Max 1 TB 25,3 mln so‘mga xarid qilingan.
Majburiy ijro byurosi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat prokuraturasining jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq 10,5 mlrd so‘m qarzi bor.
Kun fakti
Xitoyning Yupont Group Ltd. kompaniyasi tomonidan Toshkent shahridagi yirik sanoat korxonalariga umumiy quvvati 100 MWʼga teng quyosh panellari o‘rnatish orqali ularni yashil energiyaga o‘tkazish borasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Sijjakda Trailblazer ag‘darilib ketdi
Sijjakda tog‘li hududning avtomobil uchun mo‘ljallanmagan qismida harakatlangan Trailblazer yo‘lning torligi oqibatida ag‘darilib ketgan.
Voqea joriy yil 21 aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Sijjak qishlog‘i yaqinida ro‘y bergan.
Ma’lum qilinishicha, tog‘li hududning avtomobil uchun mo‘ljallanmagan qismida harakatlangan 40 yoshli haydovchi ehtiyotsizligi va yo‘lning torligini inobatga olmagani sababli Trailblazer mashinasida ag‘darilib ketgan.
Ushbu hodisa oqibatida haydovchi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Toshkentning parklari o‘zgaradi
Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy va Do‘stlik bog‘lari qayta ta’mirlanadigan bo‘ldi. Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqovning qarori bilan bu ikki bog‘ O‘zbekiston–Singapur qo‘shma korxonasiga 49 yilga ijaraga berildi.
Mas’ullarga ko‘ra, Abdulla Qodiriy bog‘i «tinch-sokin joy sifatida» qayta ta’mirlanadi, u yerda attraksionlar bo‘lmaydi. Do‘stlik bog‘ida ko‘pi bilan 10 ta attraksion bo‘lib, yashillikni ko‘paytirishga urg‘u beriladi. Quruvchi tashkilot bog‘larni uzog‘i bilan 3 yilda aholiga qaytarishni rejalayapti.
18 ming ingliz tili o‘qituvchisi tayyorlandi
AQShning ESN dasturi O‘zbekistonda 18 ming nafar ingliz tili o‘qituvchisini tayyorladi
Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat (English Speaking Nation – ESN) dasturi doirasida 2019 yilning noyabridan buyon O‘zbekiston bo‘ylab 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisi o‘qitilib, bu orqali mamlakatning o‘rta maktab o‘quvchilari uchun ingliz tili ko‘nikmalari kuchaytirildi hamda yuqori sifatli ta’lim ta’minlandi.
AQSh elchixonasi xabariga ko‘ra, to‘rt yil davom etgan, qiymati 7 million dollar bo‘lgan ushbu dastur shanba kuni Toshkentda bayramona yopilish marosimi bilan yakunlandi.
Prezident ta’tilga chiqdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Ta’til 2024 yil 22 apreldan boshlanadi.
Bundan oldin prezident 2023 yil 4 dekabr kuni qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan edi. Umuman, Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimidagi faoliyati davrida beshinchi marta rasman mehnat ta’tiliga chiqmoqda.
Ob-havo ma’lumoti
«O‘zgidromet» hafta davomida harorat foni o‘zgarmasligi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishini xabar qildi.
22-26 aprel kunlari uchun berilgan ob-havo prognoziga ko‘ra, respublikaning katta hududlarida yog‘ingarchilik ro‘y bermaydi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shuningdek, bu hududlarda sel xavfi saqlanib turadi.
24–25 aprelda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat asosan kechalari +13...+18 daraja, kunduz kunlari +24...+29 daraja atrofida bo‘ladi.
Ertaga, 23 aprel kuni havo harorati +29 darajagacha ko‘tariladi, janubiy viloyatlarda 34 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida ayrim hududlarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

23:19 / 18.07.2025
Toshkentda daraxt kesish masalasidagi tortishuv, poraxo‘r bojxonachi, Mo‘g‘ulistondan keltiriladigan chorva – mahalliy dayjest

22:26 / 17.07.2025
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest

23:06 / 16.07.2025
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest

00:06 / 16.07.2025