Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Eron o‘zaro mahbuslarni almashdi
Besh amerikalik Dohadagi hisobga AQSh rasmiylari tomonidan xatlovga olingan 6 milliard dollar tushgani tasdiqlangach, Erondan Qatarga uchib ketdi. Ikki eronlik Eronga ketdi, yana uch nafari qaytishni istamadi.

Foto: AP / Lujain Jo
AQSh va Eron Qatar vositachiligida mahbuslarni almashdi. Bu haqda 18 sentabr, dushanba kuni Reuters axborot agentligi xabar berdi. Eron hibsxonasidan ozod etilgan besh amerikalik fuqaro Tehrondan Qatar poytaxti Dohaga uchib ketdi, har ikki tomon Dohadagi hisobraqamiga 6 milliard dollar tushgani haqidagi tasdiqni oldi - Eron mablag‘lari AQSh tomonidan kelishuv doirasida muzlatib qo‘yilgandi. Bundan tashqari, ozod etilganlarning ikki oila a’zosiga Eronni tark etishga ruxsat berildi.
O‘z navbatida, ozod etilgan besh nafar eronlikdan ikki nafari Qatarga qo‘ndi, dedi AQSh rasmiysi. Kelishuvga aloqador yana uch kishi Eronga qaytmaslikka qaror qildi, deb yozadi Reuters. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ulardan ikki nafari AQShda qoladi, yana biri uchinchi davlatda oilasi bilan bo‘ladi.
Almashish doirasida Qo‘shma Shtatlar biznesmenlar Siamak Namoziy va Emad Shargiy, shuningdek, ekolog Morad Tahbazni qaytardi, deb yozadi Reuters. Uchalasi ham xorij hukumati bilan hamkorlik qilganlik yoki josuslik uchun o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Yana ikki kishining shaxsi oshkor etilmagan.
Eron mablag‘larni faqat insonparvarlik ehtiyojlari uchun sarflay oladi
Mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuv Qatarning faol vositachiligi bilan amalga oshirildi, u yerda kamida sakkiz raund muzokaralar o‘tkazildi, deb yozadi Reuters. AQSh hukumati tomonidan xatlovga olingan 6 milliard dollar ham ushbu davlat bankiga o‘tkazilgan. Bu pul Tehronga sof humanitar ehtiyojlar uchun sarflashga beriladi, dedi Amerika tomoni.
Eron mablag‘larining kelishuv bo‘yicha o‘tkazilishi AQSh respublikachilari tomonidan tanqidga uchradi. Ularga ko‘ra, prezident Jo Bayden AQSh fuqarolari uchun amalda to‘lov to‘lagan, deb ta’kidlaydi Reuters.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

23:14 / 16.07.2025
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?

11:27 / 16.07.2025
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

08:38 / 16.07.2025
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi

08:04 / 16.07.2025