Toshkentda AQSh bilan hamkorlikda qo‘shma universitet tashkil etiladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sintana Education Company kompaniyasining mintaqaviy ijrochi direktori Chari Bagchiogluni qabul qildi.

Foto: Dunyo
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda AQSh bilan hamkorlikda qo‘shma universitet tashkil etish loyihasini muhokama qildilar.
Ushbu loyihaga muvofiq, AQShda innovatsiyalar yo‘nalishida birinchi raqamli Arizona davlat universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikda o‘quv hamda tadqiqot dasturlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.