Samarqand turizm markazida 5G tarmog‘i test qilinmoqda
Bir qancha sinovlar davomida 5G tarmog‘ida internetdan yuklab olish tezligi 896 mb/sekundgacha, internetga yuklash tezligi esa 113 mb/sekundgacha ko‘tarilgan.

Samarqand turizm markazida o‘tkazilgan 5G tarmog‘ini test qilish jarayonlarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va «O‘zkomnazorat» boshlig‘i A’zam Abdullayevlar ishtirok etgan.
«Ushbu markaz nafaqat xalqaro tadbirlar o‘tkaziladigan va turistlar yaxshi dam oladigan joy bo‘lmoqda, balki O‘zbekistonda birinchi marotaba barcha mobil aloqa operatorlari hamkorlikda antenna infratuzilmasini bitta machtada ko‘tarib, binolar ichida ham Active DAS tizimini hamkorlikda ishlatib, yuqori tezlikdagi sifatli xizmatlar ko‘rsatishlariga imkon yaratilmoqda», deya yozib qoldirgan AKT vaziri.
Ma’lumot uchun, joriy yil 24-27 oktabr kunlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan AKT haftaligi Samarqand turizm markazida tashkil etiladi.
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025