Navoiyda qariyb 31 ming gektar maydonga takroriy ekin ekiladi

Navoiy viloyatida joriy yilda 30 939 gektar maydonga takroriy ekin ekish rejalashtirilgan. 1 iyul holatiga 23 093 gektar maydonga takroriy ekin ekilgan. Bu haqda Kun.uz'ga «O‘zagroinspeksiya» Navoiy viloyat boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, takroriy ekin ekish uchun aholi, xususan, ishsiz yoshlarga ham yer ajratib berilyapti. Bugungi kunga qadar viloyat bo‘yicha 56 547 nafar aholiga 23 111 gektar yer maydoni ajratib berilgan.
Takroriy ekinlar qatorida asosan sabzavot, poliz, dukkakli, moyli, ozuqa ekinlari va sholi, tariq ekilmoqda. Viloyat bo‘yicha 11 693 gektar yerga dukkakli ekinlar ekilgan.
Hozirda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich 1 491 gektarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

12:08 / 24.03.2025