Fan-texnika | 20:21 / 27.11.2016
5642
1 daqiqa o‘qiladi

NASA Marsga uchadigan fazogirlarning taomlarini namoyish qildi

NASA koinot agentligi Oy va Marsga sayohat uchun yaratilayotgan Orion koinot kemasi fazogirlari qanday taomlar tanovul qilishlarini namoyish qildi.
 
Ushbu holat tasvirlangan rolikda kichkinagina batonchalar namoyish qilindi. Ta'kidlanishicha, ulardan har birining oziqaviy quvvati 700-900 kilokaloriyani tashkil qiladi. Xalqaro koinot stansiyasi ekipajidan farqli ravishda, Orion fazogirlari taomnomasi muntazam ravishda Yerdagi zaxiralardan to‘ldirib turilmaydi va shu sababli turfa xillik bilan ajrab turmaydi.

Mavzuga oid