Yilning eng ishonchni oqlamagan aktyorlari ma'lum

Jamiyat 15:10 / 14.12.2017 21927
Foto: Mark Uolberg, Kristian Beyl va Chenning Tatum

Amerikaning Forbes jurnali 2017 yilning eng ishonchni oqlamagan aktyorlari ro‘yxatini e'lon qildi. Antireytingning birinchi o‘rnidan Mark Uolberg joy oldi.

Artistning gonorarlari umumiy miqdori hisobot davrida 68 million dollarni tashkil etdi. Uolberg ishtirokida uchta film taqdim etildi, hamda aktyorga to‘langan har bir dollar studiyalarga atigi 4,4 AQSh dollari olib keldi.

Ikkinchi o‘rinda - Kristian Beyl (gonorarning har bir dollari uchun $6,7).

Uchinchi pog‘onani Chenning Tatum ($7,6) «qo‘lga kiritdi».

«Kuchli» beshlikka Denzel Vashington ($10,4) hamda Bred Pitt ($11,5) yakun yasab bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Jonni Depp ro‘yxatda yetakchilikni qo‘lga kiritgandi.

Avvalroq Amerikaning Forbes jurnali dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanuvchi musiqachilar nomini ma'lum qilgandi

Ko‘proq yangiliklar: